logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Sug‘urta tashkiloti litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

07.11.2023
2641

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 40-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qaroriga asosan, “ KAFOLAT HAYOT INSURANCE ” AJ sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 21 yanvardagi SF 00026-sonli litsenziyasi 2023 yil 7 noyabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

“KAFOLAT HAYOT INSURANCE” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“KAFOLAT HAYOT INSURANCE” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.