O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 51-bandiga muvofiq, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan “INSURANCE BROKER CONSULTING” MCHJ sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyati amalga oshirish bo‘yicha 2013 yil 1 fevralda berilgan SF seriyali 00185-son litsenziya 2026 yil 26 iyundan bekor qilindi.
“INSURANCE BROKER CONSULTING” MCHJ o‘zi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek, sug‘urtaning (qayta sug‘urtaning) har qanday turi bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga asosan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.