Yangiliklar

Sug‘urtalovchilarning sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi sifati bo‘yicha reytingi tuzildi

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq sug‘urtalovchilar reytingi tayyorlandi.
Reyting sug‘urtalovchilarning oylik, choraklik va yillik faoliyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha shakllantirilgan bo‘lib, unda quyidagi muhim miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisobga olingan:
– sug‘urta da’volarining qanoatlantirilganlik darajasi;
– sug‘urta to‘lovlarining o‘z vaqtida to‘langanligi;
– to‘lovga qobiliyatlilik marjasining yetarliligi;
– investitsiya faoliyati samaradorligi;
– xalqaro reytinglarning mavjudligi;
– yangi sug‘urta mahsulotlarining joriy etilganligi va boshqalar.
Reyting sug‘urtalovchilar uchun shaffoflik, moliyaviy barqarorlik, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va qonunchilik meyorlariga rioya qilish darajasini oshirishda samarali vositaga aylanadi.
Reyting sug‘urtalovchilarning shaffofligini oshirish, moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, sug‘urta xizmatlari sifatini yaxshilash hamda qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlashda ta’sirchan vosita hisoblanadi.
Reyting sug‘urtaga bo‘lgan ishonchni oshirishga imkon beradi hamda sohaning yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sug‘urtalovchilar reytingi bilan Agentlikning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin: (https://napp.uz/uz/pages/rating-of-insurers).