Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Solvency II doirasida sug‘urta zaxiralarini hisoblash” mavzusida trening

15.05.2025
730

Poytaxtimizda O‘zbekiston sug‘urta sektori vakillari uchun BMTTD tomonidan ILMA bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Solvency II doirasida sug‘urta zaxiralarini hisoblash” mavzusida trening o‘z ishini boshladi.

Trening mamlakat sug‘urta bozorini o‘zgartirish uchun sug‘urta bozori va risklarni moliyalashtirish yo‘nalishini rivojlantirishga (IRFF) qaratilgan “Sug‘urta va risklarni moliyalashtirishni rivojlantirish mexanizmlari” global loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Solvency II bu – sug‘urta kompaniyalarining majburiyatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan kapitalni baholashda umumiy standartlarni belgilaydigan Yevropa Ittifoqidagi meyoriy-huquqiy baza. Ushbu yondashuvning amalga oshirilishi moliyaviy barqarorlikni, shaffoflikni oshirishga va sug‘urtalanuvchilar manfaatlarini himoya qilishga yordam beradi. Solvency II tamoyillarini qo‘llash sug‘urtalovchilardan o‘zlarining moliyaviy majburiyatlariga mos keladigan risklar va zaxiralarni to‘g‘ri hisoblashni talab qiladi.

Treningning asosiy maqsadi O‘zbekiston sug‘urta tizimida bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgan Solvency II standartlari asosida sug‘urta zaxiralarini hisoblash masalalari bo‘yicha sug‘urta tashkilotlarining kasbiy malakasini oshirishdan iborat.