Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan trening

30.07.2026
56

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida sog‘lom turmush tarzi va kundalik hayotda foydali odatlarni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan trening o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga jismoniy va psixologik salomatlikni saqlashning asosiy tamoyillari, muvozanatli ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik, yetarli dam olish hamda kun tartibiga rioya qilishning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga yordam beradigan amaliy tavsiyalarga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar turmush tarzining insonning umumiy holati, ish qobiliyati va energiya darajasiga ta’siri yuzasidan fikr almashdilar.

Trening interaktiv shaklda o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kundalik hayotdagi odatlarni muhokama qildilar hamda ularni yanada foydali odatlarga bosqichma-bosqich almashtirish bo‘yicha tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi xodimlarning sog‘lom turmush tarzi tamoyillari haqidagi xabardorligini oshirish, foydali odatlarni shakllantirish, shuningdek, jismoniy va psixologik farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladi.