Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini ochish tartibi va uning ahamiyati” mavzusida onlayn-seminar

28.06.2024
3534

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida “Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini ochish tartibi va uning ahamiyati” mavzusida onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari qatnashdi.

Moliya bozori ekspertlari shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini (SHIH) ochish mexanizmlari, uning imkoniyatlari, undagi buxgalteriya hisobi xususiyatlari, soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi, shuningdek, ushbu sohadagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida so‘zlab berdi.

Shu bilan birga, SHIH ni joriy etish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi taqdim etilib, O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, SHIH dan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari, taqdim etilayotgan imtiyozlar hajmi, ushbu turdagi hisobvaraqlarga joylashtirilgan mablag‘lardan keyingi foydalanish yo‘nalishlari tahlil qilindi.

Seminar davomida ekspertlar SHIH ning qimmatli qog‘ozlarga investitsiya jozibadorligini oshirishning yangi vositasi sifatidagi ahamiyatini, ya’ni fuqarolarni investitsiya faoliyatiga kengroq jalb etish va shu orqali ularning farovonligini oshirishga qaratilganligini ta’kidladilar.