Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
ruxsat berish tartib-qoidalarini tartibga solish, litsenziyalash, amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan davlat muassasasi kripto aktivlari aylanmasi, kapital bozori, sug`urta, elektron tijorat, lotereyalarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati.

Biz nima qilamiz arrow-right

Yangiliklar

“SEMURG INSURANCE” AJga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi va litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

15.10.2024
2425

“SEMURG INSURANCE” AJning moliyaviy hisobotlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meyorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, natijada 31,5 mln.so‘m miqdorida jarima solindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47 va 48-moddalari, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “SEMURG INSURANCE” AJga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2023 yil 26 sentabrdagi 135840-sonli litsenziya 2024 yil 15 oktabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

“SEMURG INSURANCE” AJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“SEMURG INSURANCE” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.