logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“Retail Central Asia” xalqaro PLAS-forumi

20.11.2024
513

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) ko‘magida tashkil etilgan “Retail Central Asia” xalqaro PLAS forumi o‘z ishini boshladi. Forum Markaziy Osiyo mamlakatlari va jahon bozorlarida chakana savdo va elektron tijoratning bugungi holati va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan.

PLAS-Forum auditoriyasini jahon bozorlaridagi sanoat va biznes vakillari, mustaqil mutaxassislar jamoasi, mintaqaviy va global miqyosda o‘z tajribalari va dolzarb tendensiyalari haqidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashishga tayyor bo‘lgan soha ekspertlari tashkil etadi.

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak o‘zining tabrik so‘zida shunday ta’kidladi: “Elektron tijorat moliyaviy texnologiyalar, to‘lov tizimlari, soliqlar, bojxona, logistika kabi ko‘plab masalalar kesishuvida joylashgan. Va bu sohani to‘g‘ri tartibga solish uchun bu barcha masalalarni chuqur o‘rganish kerak.

Bozor jadal rivojlanmoqda. Unda mahalliy va xorijiy yirik kompaniyalar mavjud. O‘tgan yil davomida biz vaziyatni o‘rganib chiqdik va bu kompaniyalarning barchasi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ishlashini ta’minlashga harakat qildik.

Bundan tashqari, Agentlik tomonidan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Biz aniq tushunamizki, biznes va texnologiya rivojlanishi tartibga solishni rivojlantirishdan ancha ilgarilab ketgan. Regulyator nafaqat vaziyatni chuqur anglashi, balki bozor istiqbolini ham bashorat qilishi kerak.

Regulyator oldida ham fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ortiqcha talablar va ortiqcha regulyatsiya bo‘lmasligi uchun biznesga zarar yetkazmaslik vazifasi ham turibdi”.

“Retail Central Asia” forumida chakana savdo va elektron tijorat sohasidagi global tendensiyalar muhokama qilinadi, bozorning asosiy ishtirokchilari orasidan yetakchi amaliyotchilar innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qo‘llash bo‘yicha o‘zlarining misollari, xizmatlarni raqamlashtirish, logistika, savdoni oshirish va avtomatlashtirish bo‘yicha taqdimot qiladilar.