Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi

22.12.2025
50

Ilgari qabul qilingan Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1108, 2002 yil 13 mart) o‘rniga, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025 yil 14 noyabrdagi 18-sonli buyrug‘i bilan Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 3728, 2025 yil 18 dekabr) tasdiqlandi.

Qabul qilingan hujjat qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatini amalga oshirishga bo‘lgan talablar, shu jumladan, brokerlik va dilerlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Unga ko‘ra, investitsiya vositachisi mijozning topshirig‘iga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi hisoblanadi.

Investitsiya vositachisi qimmatli qog‘ozlar bozorida shartnoma asosida mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:

- mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlari;

- o‘z nomidan, lekin mijozning hisobidan brokerlik xizmatlari;

- depozitar operatsiyalarni;

- anderrayterlik xizmatlarini;

- market-meykerlik xizmatlarini.

Investitsiya vositachilari emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmagan holda emitent nomidan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzishi mumkin.