O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
“O‘zbekiston-2030” Strategiyasida barqaror iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan biri sifatida mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish belgilangan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida hamda kapital va qimmatli qog‘ozlar bozorini keng rivojlantirish, shunigdek bozor ishtirokchilarining manfaatlarini ximoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) direktorining 2025 yil 15 maydagi 2-son buyrug‘i bilan “Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish qoidalari” (keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 27 maydagi 3625-son ro‘yxat raqami orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Qoidalar qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik tartibini belgilaydi. Shuningdek, mazkur hujjat orqali
bitimlar tuzishda ishtirokchilar va uning xodimlariga qo‘yiladigan talablar, qimmatli qog‘ozlar bozorida taqiqlangan harakatlar, ushbu yo‘nalishda bo‘lgan majburiyatlar va boshqa qoidalar (talablar) asoslari belgilanmoqda.
Qoidalar orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida huquqlari buzilgan ishtirokchilarni ximoya qilish, g‘araz niyatida xarakatlarni (xarakatsizliklarni) amalga oshirgan ishtirokchilarni javobgarlikka tortish mexanizmi va shu yo‘nalishda Agentlikning vakolatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Tasdiqlangan hujjat O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozori sharoitini yanada yaxshilash, bozor ishtirokchilarining ishonchini oshirish maqsadida hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Idoraviy mansub tashkilotlar