O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022 yil 14 iyuldagi 32-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomining (ro‘yxat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust) 39-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “PAYNET CRYPTO” MCHJga kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2023 yil 13 noyabrdagi CD #0002-sonli litsenziya 2024 yil 12 iyun sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.
“PAYNET CRYPTO” MCHJga litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida kripto-aktivlar bilan operatsiyalar amalga oshirish ta’qiqlanadi.
Idoraviy mansub tashkilotlar