O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) tomonidan Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom "Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Pay fondlarining yagona reyestrini (keyingi o‘rinlarda - Yagona reyestr) shakllantirish, yuritish va dolzarblashtirish qoidalarini belgilaydi, shuningdek Yagona reyestrga ma’lumotlarni taqdim etish va yangilashda vakolatli davlat organi, boshqaruv kompaniyalari va kapital bozorining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tartibini belgilaydi.
Xususan, hujjat vakolatli davlat organiga hujjatlarni taqdim etish ro‘yxati va shaklini, Yagona reyestrda mavjud bo‘lgan, shu jumladan, ommaviy foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamini, arizani ko‘rib chiqish muddatlarini, shuningdek, Yagona reyestrga o‘zgartirishlar kiritish shartlari va muddatlarini belgilaydi.
Nizomni qabul qilish huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va pay fondlari hisobini yuritish tizimini yaratishga qaratilgan.
Idoraviy mansub tashkilotlar