logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“OTP Bank PLC” vakillari bilan uchrashuv

23.04.2024
1557

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik), “Toshkent” Respublika fond birjasi vakillarining “OTP Bank PLC” global bozorlar bo‘yicha boshqaruvchi direktori janob Attila Banfi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorida «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, fond bozoriga yangi instrumentlar, shu jumladan derivativlarni joriy etish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. Agentlik tomonidan kapital bozorining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, mehmonlarga qimmatli qog‘ozlar bozoriga investitsiyalarini jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan soliq imtiyozlari haqida ma’lumot berildi.

«OTP Bank PLC» vakillari aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar belgilangan yo‘nalishlar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va kelgusida amaliy hamkorlik qilish yulanishlarini kelishib oldilar.