Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“WAY II MANAGEMENT” MCHJ investitsiya platformalari sohasidagi Tartibga solish qumdoniga qabul qilindi

29.04.2026
94

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “WAY II MANAGEMENT” MCHJni investitsiya platformalari sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

“WAY II MANAGEMENT” MCHJ ushbu yo‘nalishdagi Tartibga solish qumdonining birinchi ishtirokchisi bo‘lib, “WAY INVEST” investitsiya platformasi operatori sifatida faoliyat yuritmoqda. Kompaniya “Tartibga solish qumdoni” doirasida investorlar va investitsiyalarni jalb etuvchi shaxslar o‘rtasida “WAY INVEST” investitsiya platformasidan foydalanish orqali o‘zaro hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan loyihani amalga oshiradi.

Ma’lumot uchun: investitsiya platformalari sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi PQ-255-son qaroriga muvofiq, moliya bozorining yangi segmenti sifatida investitsiya platformalarini shakllantirish va rivojlantirishga, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilishning muqobil vositalarini yaratishga qaratilgan mexanizmlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida joriy etilgan.

Investitsiya platformalari investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha raqamli infratuzilmani rivojlantirishga hamda tadbirkorlik subyektlari uchun investitsiya instrumentlarining ommaviyligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, jumladan raqamli o‘zaro hamkorlik orqali investorlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni jalb etish imkoniyatini nazarda tutadi.