Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish

13.02.2024
2851

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Agentlik, yirik xalqaro Citibank (Nyu-York, AQSH), O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (UzDIF) va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston korporativ obligatsiyalar bozoriga xorijiy investorlarni jalb qilish, O‘zbekiston kompaniyalarining xalqaro IPOga chiqishi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kapital bozorini rivojlantirish, xususan, O‘zbekistonning sarmoyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.