logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“O‘zbekistonda IPO: tayyorgarlikning asosiy jihatlari. Tendensiyalar va imkoniyatlar” mavzusidagi konferensiya

21.05.2024
1520

Toshkentda BeOne Uzbekiston hamda B1 kompaniyalar guruhi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ko‘magida tashkil etilgan “O‘zbekistonda IPO: tayyorgarlikning asosiy jihatlari. Tendensiyalar va imkoniyatlar” mavzusidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjuman aksiyadorlik jamiyatlarining IPO ga tayyorgarlik bosqichlari haqida xabardorligini oshirish, IPO o‘tkazish tartibini takomillashtirish, bu borada aksiyadorlik jamiyatlari va nazorat qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligini takomillashtirishga bag‘ishlangan.

“Bugungi kunda O‘zbekistonda 650 dan ortiq emitent faoliyat yuritmoqda. O‘tgan 6 oy davomida Agentlik tomonidan 73 ta aksiyadorlik jamiyatining 9 trln. 168 mlrd. so‘m va uchta korxonaning 115 mlrd. so‘mlik obligatsiyalari, shuningdek ilgari chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning yagona davlat reyestridan chiqarib tashlash – aksiyalar bo‘yicha 521,7 mlrd.so‘m va obligatsiyalar bo‘yicha 58,1 mlrd. so‘m, – dedi Agentlik kapital bozorini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Xudayberdiyev Soibjon o‘z nutqida.

Konferensiyada aksiyadorlik jamiyatlari vakillari, investitsiya vositachilari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Toshkent” Respublika fond birjasi vakillari ishtirok etdi.

BeOne Uzbekistan va V1 kompaniyalar guruhi ekspertlari IPO ga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq dolzarb talablar haqida so‘zlab berishdi, yangi tendensiyalarni muhokama qilishdi va bugungi kunda ushbu sohada qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida ma’lumot almashishdi.

Panel sessiyalarda O‘zbekiston kompaniyalarining IPO yo‘lidagi muvaffaqiyatli tajribasi va strategik yondashuvlari, IPO ning emitentlar uchun soliqqa tortish aspektlari, jamoat tashkilotlarining soliq funksiyasi samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruv masalalari hamda rahbariyat va xodimlarni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.