logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tadbir

06.12.2024
852

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli jabhalarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, bu borada erishilgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va roli muhokama etildi.

So‘zga chiqqanlar Davlatimiz bosh Qomusi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi hisoblanishini hamda tinch va osoyishta, farovon hayotning qonuniy kafolati bo‘lib kelayotganligi alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, Konstitutsiyaning yangi tahriri “Yangi O‘zbekiston” strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini, davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Asosiy qonunimiz normalarini hayotga to‘liq tatbiq etish, jamiyatda qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash zarurligi ham muhokama qilindi. Bundan tashqari “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligi ochib berildi.