Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori sohasida "Tartibga solish qumdoni" mahsus huquqiy rejimini takomillashtirish to‘g‘risida

06.04.2026
95

Adliya vazirligi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Kapital bozori sohasida «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi  buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi "Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-254-son Farmoni normalarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, Tartibga solish qumdoni salohiyatini yanada oshirish va uning imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

Asosiy yangilanishlar:

  1. Ishtirokchilar doirasini kengaytirish:

- O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarga "Tartibga solish qumdoni"da ishtirok etish imkoniyati berildi. 

  1. Infratuzilma institutlari ishtirokini soddalashtirish.

«Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariyasi» AJ va «Toshkent» RFB qumdonda ishtirokchi sifatida qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tmasdan operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. 

  1. Vositalar va operatsiyalar doirasini kengaytirish.

Mahalliy emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha depozitar tilxatlarni chiqarish uchun sharoitlar yaratildi, shu jumladan:

– rezidentlar tomonidan xorijiy valyutada ifodalangan korporativ obligatsiyalar chiqarish;

– kastodial va nominal saqlovchi xizmatlari ko‘rsatish, shu jumladan mahalliy emitentlar va investitsiya fondlariga ularning qimmatli qog‘ozlariga nisbatan xizmat ko‘rsatish;

– qimmatli qog‘ozlarni benefitsiar o‘zgartirilmaydigan holda, soliq oqibatlariga olib kelmaydigan tarzda FOP-o‘tkazmalarini amalga oshirish;

– nominal saqlovchi tomonidan aksiyadorlar huquqlarini ishonchnomasiz amalga oshirish;

– xorijiy qimmatli qog‘ozlarni ichki bozorga kiritish, shu jumladan fond birjasining savdo maydonchalariga va investitsiya vositachilarining elektron platformalariga qo‘yiladigan talablarni belgilash. 

  1. Investorlarga qo‘shimcha kafolatlarni taqdim etish:

Investorlarning qumdonda sinovdan o‘tkazilayotgan vositalar va mexanizmlarga ishonchini oshirish maqsadida "Tartibga solish qumdoni"ning amal qilish muddati bo‘yicha cheklov bekor qilindi. 

Qabul qilingan o‘zgartirishlar yangi moliyaviy vositalarni joriy etish va sinovdan o‘tkazish uchun yanada moslashuvchan va barqaror muhitni shakllantirish, mahalliy ishtirokchilarning kapital bozoridagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek, xalqaro kapital bozori bilan yanada integratsiyalashuvga qaratilgan.