Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“O’ZBEKISTON QAYTA SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ MQSTga litsenziya berildi

02.09.2025
166

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda qayta sug‘urta tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025 yil 23 maydagi 191-son qarori ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 19-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2025 yil 2 sentabrda “O’ZBEKISTON QAYTA SUG’URTAKOMPANIYASI” AJ MQSTga faqat qayta sug‘urta qilish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya berildi.