logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

21.10.2024
640

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida 21 oktabr – o‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 35 yilligi hamda o‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlikning rahbariyati va tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 21 oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020 yil 20 oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari mazmun-mohiyati, shuningdek, mamlakatimizda davlat tilining o‘rni va ta’sirini oshirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar haqida ma’lumotlar berildi.