O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 17-iyundagi 51-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish imkoniyati beriladigan xalqaro moliya institutlarining Ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 fevraldagi "Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-26-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Xalqaro moliya institutlarining milliy valyutada ifodalangan obligatsiyalarini chiqarish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomiga (ro‘yxat raqami 3660, 2025 yil 11 avgust) muvofiq tasdiqlandi.
Ro‘yxatga 14 ta xalqaro moliya institutlari (XMI), jumladan, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa tashkilotlar kiritilgan.