Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining MHHS 17 ga o‘tish mexanizmlarini muhokama qilish bo‘yicha uchrashuv

28.03.2024
2576

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “Deloitte” MCHSH (Qozog‘iston) va “Deloitte & Touche” (O‘zbekiston) auditorlik tashkiloti rahbariyati bilan O‘zbekistondagi sug‘urta tashkilotlarining MHHS 17 – moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: MHHS 17 standarti sug‘urta shartnomalarining izchil va prinsipial hisobini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Standart sug‘urta majburiyatlarini joriy ijro qiymati bo‘yicha o‘lchashni nazarda tutadi hamda barcha sug‘urta shartnomalarini baholash va taqdim etishga yagona yondashuvni ta’minlaydi. 

Uchrashuvda MHXS 17 ga o‘tishning afzalliklari, shu jumladan turli mamlakatlardagi kontragentlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar soddalashishi, biznesning davlatdan tashqariga chiqish imkoniyati, shuningdek, kompaniyaning ishbilarmonlik obro‘si va bozor qiymatining o‘sishi alohida qayd etildi.

Shuningdek, MHXS 17 ga o‘tish mexanizmlarini amalga oshirishda davlat organlarining o‘zaro hamkorligi, shuningdek, yangi standartlar bo‘yicha ishlash uchun moddiy texnika bazasi va mutaxassislarni tayyorlash bilan bog‘liq masalalar uchrashuv davomida muhokama qilindi.