Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Meta kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

16.06.2026
48

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Meta kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasida davlat siyosati bo‘yicha strategiya va kampaniyalar direktori Bet Enn Lim hamda Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bo‘yicha davlat siyosati masalalari bo‘yicha mintaqaviy menejer Yerasil Kalixan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar xavfsiz va barqaror raqamli muhitni shakllantirish masalalarida konstruktiv muloqotni rivojlantirish va tajriba almashish muhimligini ta’kidladilar.

Muzokaralar davomida raqamli ekotizimni rivojlantirish, sun’iy intellektdan foydalanish, onlayn firibgarlikka qarshi kurashish hamda xavfsiz raqamli muhitni ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar hamda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.