Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi

21.03.2024
3454

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024 yil 19 fevraldagi 17-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3150-son “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi va 2018 yil 3 iyuldagi PQ–3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalari (AV tomonidan 2024 yil 20 martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3507) tasdiqlandi.

Qoidalar asosiy atamalar va ta’riflarni, shuningdek, xorijiy va milliy maynerlar bilan munosabatlarni tashkil etish, mayning-pul ishtirokchilari daromadlarini taqsimlash va mayning-pul ishtirokchilari reyestrini yuritish talablarini belgilaydi.

Ushbu hujjatning qabul qilinishi, shubhasiz, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik bazasi to‘liq shakllanganligidan dalolat beradi.