O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-180-son “Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2025-yil 17-oktabrdagi 82-son buyrug‘i bilan Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasining maxsus soliq rejimini taqdim etish bo‘yicha qarorini olgan chet el fuqarolari tomonidan kripto-hamyon ochish ruxsat etilgan maxsus vakolatli kripto-birjalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://napp.uz/oz/pages/list-of-specially-authorized-crypto-exchanges-for-providing-a-special-tax-regime-to-foreign-citizens
Idoraviy mansub tashkilotlar