logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Maxsus rejimning birinchi ishtirokchisi ro‘yxatga olindi

28.04.2023
4720

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi Farmoniga muvofiq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasida texnologiyalarni joriy etuvchi yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) o‘rnatadi.

2023 yil 28 aprelda Agentlik tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3409, 30.12.2022 yil) muvofiq «Yagona integrator UZINFOCOM» MCHJ maxsus rejimning birinchi ishtirokchisi etib ro‘yxatga olindi.

Maxsus rejim doirasida amalga oshirilayotgan tajriba-sinov loyiha «.UZ» domen zonasidagi nomlar uchun ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi (“blokcheyn”) asosida NFT-sertifikatlarni joriy etishni nazarda tutadi.

Tajriba-sinov loyiha doirasida domen nomlari egalari uchun sertifikat berish tizimi “Proof of Authority” konsensus algoritmini qo‘llash orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri (“blokcheyn”) asosida o‘zaro o‘zgarmas tokenlar (“NFT”) yordamida sinovdan o‘tkaziladi.

Sertifikatlarni yaratish jarayonida yaratilgan NFTlar “.UZ” domen zonasidagi nomga egalik huquqini tasdiqlaydi.

Ushbu texnologiyani joriy etish domen nomlari egalarining huquqlarini himoya qilish va kafolatlashni kuchaytirish, ular haqidagi ma’lumotlarning yanada shaffofligi va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan.

Tegishli ma’lumotlar maxsus rejim ishtirokchilarining reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.

Maxsus rejim ishtirokchilarining reyestri bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.