logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Maxsus rejim ishtirokchisi ro‘yxatga olindi

14.08.2023
5011

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida («Tartibga solish qumdoni» maxsus rejimi) ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2022 yil 30 dekabirdagi 3409-son AV ro‘yxatdan o‘tgan) muvofiq “Ravnaq-bank” AJ maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olindi.

Tajriba-sinov loyiha doirasida hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish uchun hamkor kripto-birjasida ochilgan kripto-hamyonida joylashga kripto-aktivlarni tezkor sotish hisobiga bank kartasi hisobini pul mablag‘lari bilan avtomatik to‘ldirish funksiyasiga ega “CRYPTO CARD - UzNEX” virtual bank kartasi mahsulotini ishlab chiqish va joriy etishni nazarda tutadi.

Maxsus rejim ishtirokchisi avtomatlashtirilgan bank tizimi, kripto-birja axborot tizimi, bank protsessing markazi hamda MasterCard halqaro to‘lov tizimi integratsiyasi bo‘yicha yechimini sinovdan o‘tkazadi.

Tegishli ma’lumotlar maxsus rejim ishtirokchilarining reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida foydalanish uchun joylashtirilgan.