logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Poytaxtimizda Marg‘ulan Seysemboyevning Kaydzen bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

09.04.2023
429

Bugun Toshkentda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ma’ruzachi, Kaydzen bo‘yicha bir qator o‘quv kurslari muallifi Marg‘ulan Seysembaevning mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsida davlat tashkilotlari, bank sohasi vakillari, tadbirkorlar, talabalar ishtirok etdi.

Ma’ruzachi tinglovchilarga boshqaruv va biznes jarayonlarini optimallashtirish va shaxsiy rivojlanishni ta’minlovchi samarali mexanizmlar – Kaydzen falsafasi haqida so‘zlab berdi.

Mahorat darsi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular Kaydzen falsafasining nozik jihatlari, resurslar va vaqtdan unumli foydalanishni oshirish yo‘llari, ma’ruzachining o‘z tajribasi va boshqa yo‘nalishlar haqida faol savollar berdilar hamda tadbir tashkil etilganligini yuqori baholab, ijobiy fikr bildirdilar.

Menedjmentda Kaydzendan foydalanishga bag'ishlangan mahorat darsi shaxsiy rivojlanish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish, rejalashtirish sohasidagi salohiyatni oshirish va barcha darajadagi menedjerlar va xodimlarning ishini optimallashtirish maqsadida o'tkazildi.

Mahorat darsining videoyozuvi tez orada Agentlikning axborot resurslarida e’lon qilinadi.