Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasida kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya berildi


2023 yil 21 iyunda Istoqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qarori va Agentlik direktorining “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust) muvofiq “LOCKTON HUB” MCHJga O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya berildi.
“LOCKTON HUB” MCHJ ta’sischisi “LOCKTON SOLUTION LLC-FZ” (Dubay, BAA), “LOCKTON HUB” MCHJning texnik hamkori “DISTRIBUTED LAB” kompaniyasi hisoblanadi.
Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida ushbu havola orqali foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.