logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritildi

19.03.2024
1724

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar, xususan kripto-birjalar va kripto-do‘konlar faoliyati tahlili ularning yetarli darajada rentabelligini ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan, davlat budjetiga qo‘shimcha mablag‘lar tushumini ta’minlash maqsadida Agentlik direktorining 2024 yil 5 martdagi 17-sonli “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (AV tomonidan 2022 yil 28 sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3388) kripto-birja (400 BHM dan 740 BHM gacha) va kripto-do‘kon (20 BHM dan 185 BHM gacha) uchun yig‘imlar miqdori oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Ta’kidlash joizki, kiritilayotgan o‘zgartirishlar davlat budjetiga tushumlarni kamida 2 barobar oshirish imkonini berib, shu bilan birga xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning moliyaviy holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Mazkur o‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilingan sanadan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.