Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

30.06.2026
47

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha doimiy asosda ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 143-son qarori bilan “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasini tashkil etish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini koʻpaytirish maqsadida ushbu zona rezidentlari uchun bir qator imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan xalqaro standartlar, xususan, Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF) Tavsiyalarining jinoiy unsurlarni kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari (keyingi o‘rinlarda – xizmatlar provayderlari) boshqaruvi va egaligiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha talablari implementatsiyasini taʼminlash maqsadida xizmatlar provayderlarining faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Agentlik direktorining 2026-yil 15-iyundagi 20-son buyrugʻi bilan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3380, 2022-yil 15-avgust) quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

– jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, boʻlib turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar tomonidan xizmatlar provayderlariga boshqarishni, shuningdek, ushbu shaxslarning xizmatlar provayderlari ustav jamg‘armasida ishtirok etishini taqiqlash;

– litsenziatning ustav jamg‘armasidagi ulushini jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga realizatsiya qilishni litsenziyalovchi organ bilan kelishish;

– litsenziatning rahbariyati (direktor va uning o‘rinbosarlari), shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma rahbarini almashtirish masalasini litsenziyalovchi organ bilan kelishish.

Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi va ular rasman e‘lon qilingan kundan e‘tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.