Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlikda xalqaro diplomatiya va yosh yetakchilar mavzusida tadbir o‘tkazildi

12.11.2026
33

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yoshlarning xalqaro munosabatlar sohasidagi bilimlarini oshirish, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish hamda mamlakatimizning xalqaro nufuzini yuksaltirishda ularning faolligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida “O‘zbekistonning geosiyosiy nufuzi yoshlar nigohida” mavzusida fikr almashilib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi o‘rni, zamonaviy diplomatiyaning rivojlanish tendensiyalari hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda yoshlarning roli muhokama qilindi.

Shuningdek, xorijiy tillarni puxta egallash, xalqaro tajribani o‘rganish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yuksaltirishga yoshlarning hissa qo‘shishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning xalqaro jarayonlardan xabardor bo‘lishi, mustaqil va tahliliy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, shuningdek, mamlakatimiz manfaatlarini xalqaro maydonda munosib ifoda eta olishi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mazkur tadbir yoshlarning tashabbuskorligini rag‘batlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga qaratildi.