logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

KRIPTO-AKTIVLAR AYLANMASI SOHASIDAGI XIZMATLAR PROVAYDERLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TARTIBI BELGILANDI

17.08.2022
1018

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil
22 apreldagi PF-121-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish hamda ushbu sohada faoliyatni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilanib, Agentlik o‘zi kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini belgilanishi ko‘rsatib o‘tildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
3 iyuldagi PQ-3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorining 7-bandiga muvofiq Agentlikka Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat provayderlar faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni qabul qilinishini va amalga kiritilishi haqida topshiriq berilgan.

Shu bois, Agentlik direktorining 2022 yil 14 iyuldagi 32-son buyrug‘i bilan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomi (ro‘yxat raqami 3380-son, 2022 yil 15 avgust) tasdiqlanib, u bilan quyidagilar:

– litsenziya talablari va shartlari;

– litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar;

– arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi;

– litsenziyani qayta rasmiylashtirish tartibi;

– litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish tartibi;

– litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi va boshqalar belgilanmoqda.

Quyidagilarga e’tiborni qaratish lozimki, yangilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiq:

– litsenziyalar faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari yuridik shaxslarga beriladi;

– kripto-birjalar ustav jamg‘armasiga (kapitali), zaxiraga qo‘yiladigan qismiga talablar qisqartirilgan;

– litsenziya olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati kamaytirilgan.

Shu bilan birga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro standartlarining (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning Tavsiyalari) talablariga muvofiq ba’zi cheklovlar belgilangan.

Xususan, terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan hamda qator jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslar tomonidan litsenziatlarni boshqarishga va ustav jamg‘armasida (kapitalida) ishtirok etishga yo‘l qo‘ylmaydi.

Bundan tashqari, litsenziatlarnining ustav jamg‘armasida (kapitalida) offshor hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarning ishtirok etishi taqiqlangan.

Agentlik tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish va tartibga solishni ta’minlash borasida ishlar davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun : +998 71 231-79-05