logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

07.02.2024
1974

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan xalqaro talablar va milliy qonunchilikni inobatga olgan holda kripto-aktivlar aylanmasini tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha doimiy asosda ishlar olib borilmoqda.

Xususan, talablarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 15 noyabrdagi O‘RQ-878-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy harakatlar bo‘yicha maxsus guruhning (FATF) 15-tavsiyasida nazarda tutilgan, Agentlik direktorining 2024 yil 11 yanvardagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari  faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 4-sonli buyrug‘i bilan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (AV tomonidan 2022 yil 15 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3380) o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. 

Nizomning 9-bandi “z” kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha tegishli xorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganligi haqidagi ma’lumotnomaga apostil qo‘yish hamda uni davlat tiliga tarjima qilish talabi qo‘yilmoqda;

litsenziya berishni rad etish qo‘shimcha asoslar kiritish;

litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda hamda litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlangan holatlarda qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari uchun bir yil davomida qaytadan litsenziya berilmasligi haqidagi normalar kiritish.

Ushbu o‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.