Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘quv seminari o‘tkazildi

30.11.2023
2809

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 noyabrdagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-200-son Farmoni mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarni Korrupsiyaning oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish boshqarmasi mas’ul xodimi Nodira Samandarova olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining sohadagi vakolatlari, jumladan korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro va milliy normativ-huquqiy asoslari va amaliyoti haqida seminar tinglovchilariga ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan hamda ish faoliyatida yuzaga kelayotgan holatlar yuzasidan nazariy va amaliy savollarga javoblar oldilar.