Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida o‘quv treningi bo‘lib o‘tdi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish maqsadida “Korrupsiya – xavfsizlik va taraqqiyotga tahdid” mavzusida o‘quv treningi bo‘lib o‘tdi.
Treningda ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori, polkovnik Sh. Qobilov ishtirok etdi.
Trening ishtirokchilari Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati Konsepsiyasi, bu boradagi qonun hujjatlariga kiritilgan yangilik va o‘zgartirishlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va ularga chek qo‘yish bo‘yicha tavsiya va takliflar bilan tanishtirildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish laboratoriyasining O‘zbekistondagi faoliyatiga, xususan, tadqiqotlar o‘tkazish va korrupsiya xavfini baholash borasidagi ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan xodimlarda murosasiz munosabatni shakllantirish va unga qarshi kurashish eng ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi. Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar doimiy asosda amalga oshirib kelinmoqda.