O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan "Kapitalbank" ATB va "KAPITAL SECURITIES" MCHJ kapital bozori sohasidagi "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Loyihani amalga oshirish doirasida "Kapitalbank" ATB xorijiy valyutada ifodalangan obligatsiyalar emitenti sifatida ishtirok etadi, "KAPITAL SECURITIES" MCHJ mazkur obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonlarida investitsiya vositachisi faoliyatini amalga oshiradi.
Maxsus huquqiy rejim doirasida mahalliy emitentlar tomonidan xorijiy valyutada ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish va muomalaga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-254-son Farmonida nazarda tutilgan yangi moliyaviy instrument hisoblanadi.