logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

05.07.2022
1091

 O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xavflarni milliy baholash o‘tkazish jarayoni masalalari bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘quv-seminar jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi Moliyaviy kurash choralarini ishlab chiquvchi guruhning (keyingi o‘rinlarda - FATF) yangi xalqaro talablarini hisobga olgan holda, “UzNEX” kripto-birjasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratga mas’ul bo‘lgan xodimlarining malakasini oshirish uchun tashkil qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Agentlik xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Agentlik qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalari talablari bilan tanishtirildi.

O‘quv-seminar ishtirokchilari jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi Moliyaviy kurash choralarini ishlab chiquvchi guruhning (keyingi o‘rinlarda - FATF) “Virtual aktivlar va virtual aktivlarga xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar uchun FATF standartlarini joriy etish bo‘yicha maqsadli yangilanish” hisoboti natijalari bilan tanishtirildi.

Bundan tashqari, seminar ishtirokchilariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalashni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga kiritilgan yangiliklarning mohiyati va ahamiyati, shuningdek, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha tushuntirish berildi.

Tadbir yakunida bo‘yicha kripto-aktivlar tranzaksiyalarilarini monitoring va nazorat qilish usullari va mexanizmlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.