Yangiliklar
Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Jahon bankining YE-GATE loyihasi rahbari Chiu Niu boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi O‘zbekistonda Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv (EGED) maqsadli jamg‘armasi doirasida YE-GATE (Elektron tijorat orqali global kirishni kengaytirish) tadbirlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Yig‘ilishda Jahon bankining O‘zbekistonda elektron tijorat sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ko‘mak berishi, elektron tijorat diagnostikasini ommalashtirish, shuningdek, eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida o‘z mahsulotlarini elektron savdo maydonchalari orqali sotishni tashkil etish uchun Jahon banki tomonidan jalb etilgan mahalliy kichik va o‘rta korxonalar tomonidan erishilgan ijobiy natijalar muhokama qilindi.