Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari va Jahon banki delegatsiyasining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

11.04.2025
721

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari va Jahon banki delegatsiyasi o‘rtasida savdo sohasidagi islohotlar va O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — respublikaning sarmoyaviy imkoniyatlari, joriy tashabbuslardagi mavjud kamchiliklarni muhokama qilish va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning asosiy ishtirokchisi sifatida O‘zbekistonda islohotlarning salohiyatli yo‘nalishlarini kelishib olishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda bojxona tartib-taomillarini optimallashtirish, tarifsiz to‘siqlarni bartaraf etish, elektron tijoratni tartibga solish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Elektron tijorat orqali eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlarni sertifikatlashtirish va bojxona rasmiylashtiruvi tartiblarini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Agentlik vakillari elektron tijoratni global darajada tartibga solish bo‘yicha yagona yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidladilar.