Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Istanbulda tabiiy ofatlar xavfini moliyalashtirish bo‘yicha anjuman

08.04.2025
1010

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Jahon banki tomonidan Turkiyaning tabiiy ofatlarni sug‘urtalash tizimi (TCIP), Sug‘urtani rivojlantirish forumi va Tabiiy ofatlarni moliyalashtirish akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tabiiy ofatlar xavfini moliyalashtirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.

Konferensiyada Jazoir, Albaniya, Jibuti, Misr, Gruziya, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova, Marokash, Tojikiston, Tunis va Turkiya kabi 13 davlat vakillari qatnashmoqda. Ushbu tadbirda ishtirok respublikaning tabiiy ofatlar xavfidan himoyalanish samarali mexanizmlarini rivojlantirish va iqtisodiyot barqarorligini oshirishga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.

Anjuman samarali davlat-xususiy sheriklik (DXSH) tashkil etish orqali ishtirokchi mamlakatlarda tabiiy ofatlardan sug‘urtalash bozorini rivojlantirishga qaratilgan. Tadbir davomida qatnashchilar turli mamlakatlarda DXShni amalga oshirishning eng yaxshi amaliyotlari va muvaffaqiyatli misollari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa tabiiy ofatlar xavfini sug‘urtalash sohasida innovatsion yechimlarni joriy etishni tezlashtiradi.