logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

20.11.2024
606

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillaridan iborat delegatsiya BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Istanbulda Xususiy sektorni rivojlantirish xalqaro markazi (ISPSD) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Turkiyada islomiy moliya va yashil sukuk” mavzusidagi amaliyot o‘quv safarida ishtirok etmoqda.

Tashrif davomida delegatsiya Turkiyaning kapital bozorini tartibga solish va islomiy moliya kabi muhim sohalardagi eng yaxshi amaliyotlari bilan tanishadi. Normativ-huquqiy baza, bozor amaliyoti va islomiy moliya sohasida faoliyat yurituvchi nufuzli institutlarga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, “yashil sukuk”ning meyoriy-huquqiy bazasi, uning xalqaro tamoyillar va standartlarga muvofiqligi, “yashil sukuk”ni chiqarish amaliyoti ham ko‘rib chiqiladi.

Ushbu o‘quv safarida ishtirok etish yanada samarali moliyaviy vositalar va strategiyalarni ishlab chiqishga hissa qo‘shadi, shuningdek, Turkiyadagi islom moliyasi va yashil sukukni boshqarish va tartibga solish bo‘yicha tajribaga ega xalqaro ekspertlar va regulyatorlar bilan tajriba almashish imkonini beradi.

O‘zlashtirilgan bilim va amaliyotlarni O‘zbekistonda, ayniqsa, islomiy qimmatli qog‘ozlar kontekstida joriy etish katta salohiyatga ega. Shunday qilib, delegatsiyaning ushbu safarda ishtirok etishi islom moliyasi va yashil sukuk sohasida barqaror va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, o‘z navbatida ushbu vositalarni O‘zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirishga hissa qo‘shadi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistonda kapital bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bo‘lib, ayni paytda agentlik tomonidan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda islomiy qimmatli qog‘ozlarni nazarda tutuvchi “Muqobil moliyaviy vositalar turlari va umumiy qoidalar” deb nomlangan alohida bob kiritilgan.