Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlikning sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro hamkorligi kengayib bormoqda

23.10.2025
168

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) tegishli idoralar bilan birgalikda davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvorliklarga muvofiq sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or xalqaro amaliyotlarni o‘rganish va joriy etish buyicha ishlar olib bormoqda.

2025 yil 23 oktabr kuni Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Dubayda Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va masofadan turib ishlash bo‘yicha davlat vaziri Umar Sulton Al Olama bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Agentlik va BAA Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va masofadan turib ishlash vazirligi o‘rtasida davlat boshqaruvida sun’iy intellektni joriy etish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, BAAning sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda loyihalarni tanlash va baholash tajribasini o‘rganish hamda kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, yagona integrator Uzinfokom vakillari sun’iy intellekt axborot tizimlari va ilovalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalarini taqdim etdilar, bu ham o‘z navbatida, BAA vakillarining qiziqishini uyg‘otdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar sun’iy intellekt sohasida kelgusidagi hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish va o‘quv tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldilar.