Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

ILMA xodimlari Blockchain Life 2025 xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda

29.10.2025
70

O‘zbekiston Respublikasining Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) xodimlari 28-29 oktabr kunlari BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan Blockchain Life 2025 xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Blockchain Life 2025 130 dan ortiq mamlakatdan 15 000 dan ortiq ishtirokchilarni, jumladan, kripto sanoati, Web3 loyihalari, blokcheyn infratuzilmasi va moliya institutlarining yetakchi vakillarini birlashtiradi.

ILMA vakillari kripto-aktivlarni tartibga solish, blokcheyn texnologiyalarini joriy etish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga bag‘ishlangan sessiyalarda ishtirok etmoqda. Konferensiya doirasida ular tajriba almashish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadilar.

ILMAning Blockchain Life 2025 dagi ishtiroki xalqaro aloqalarni mustahkamlashga, O‘zbekistonda ochiq va xavfsiz raqamli ekotizimni rivojlantirishga, moliyaviy texnologiyalar va blokcheynga investitsiyalar va innovatsiyalarni jalb qilishga hissa qo‘shadi.