O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari 28-29 oktabr kunlari Baku shahrida (Ozarbayjon) bo‘lib o‘tayotgan “Turkic States Insurtech Summit”da ishtirok etishayapti.
Tadbirda Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekistonning tartibga soluvchi organlari va sug‘urta uyushmalari va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Sammitda asosiy e’tibor sug‘urta sohasini raqamli transformatsiya qilish, InsurTech texnologiyalarini rivojlantirish va sug‘urta sohasida sun’iy intellektni qo‘llash masalalariga qaratildi.
Sammit dasturi doirasida ILMA xodimlari panel sessiyasida ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining hozirgi holati bo‘yicha umumiy ma’lumotni taqdim etdilar va ILMAning sug‘urta sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishdagi faol rolini ta’kidladilar.
Shu bilan birga, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish, sug‘urta xizmatlari iste’molchilari uchun shaffoflik va qulaylikni oshirishga qaratilgan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
Idoraviy mansub tashkilotlar