logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik vakillari Ipak yo‘li mamlakatlari direktorlarining yillik biznes sammitida ishtirok etdilar

19.10.2023
1710

 

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari Ipak yo‘li mamlakatlari direktorlarining “Biznes va direktorlar kengashlari: yangi iqtisodiyotdagi muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi yillik biznes sammitida ishtirok etdilar.

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak “Biznes va korporativ boshqaruv: yangi imkoniyatlar va o‘yin qoidalari” sessiyasida so‘zga chiqib, Agentlikning O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishdagi o‘rni, kelgusi davr uchun harakatlar strategiyasi, shuningdek, O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning rivojlanishi masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

“O‘zbekistonda ko‘plab sohalarda ma’muriy-buyruqbozlik amaliyotidan korporativ boshqaruv tizimining barcha vositalarini joriy etish yo‘liga o‘tish zarur; korporativ boshqaruvni rivojlantirishda xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, kichik va o‘rta biznes subyektlarini rivojlantirish va yiriklashtirish zarur”, - deya ta’kidlab o‘tdi Vyacheslav Pak.

Direktorlar biznes sammiti bu mintaqadagi muhim xalqaro biznes-tadbir bo‘lib, direktorlar uchun tajriba va ilg‘or biznes amaliyotlarini almashish maydoni hisoblanadi.

2023 yilgi tadbir kun tartibida Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti transformatsiyasi, xalqaro kapitalni jalb qilish, davlat aktivlarini xususiylashtirish va IPOlarga kirish masalalari, kuzatuv kengashlari/direktorlar kengashlarini professionallashtirish masalalari, boshqaruv xodimlarini jalb qilish va o‘qitish, shuningdek, ilg‘or innovatsion texnologiyalar va biznes modellarni joriy etish, moliya institutlarini raqamlashtirish, kiberxavfsizlik, biznesni saqlash va rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.