Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

22.12.2025
63

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish hamda ularni davlat tilida qabul qilinishini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, ilgari qabul qilingan Boshqaruvchi kompaniyalar o‘z mablag‘lari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1322, 2004 yil 5 mart) o‘rniga, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025 yil 14 noyabrdagi 20-sonli buyrug‘i bilan Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning o‘z mablag‘lari miqdori va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 3729, 2025 yil 18 dekabr) tasdiqlandi.

Qabul qilingan hujjat investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning o‘z mablag‘larimiqdori va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.

Unga ko‘ra, ishonchli boshqaruvchi o‘zi boshqaradigan investitsiya aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak.

Ishonchli boshqaruvchining o‘z mablag‘lari miqdori ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar, kelgusi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari asosida belgilanadi.

Investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini baholash ishonchli boshqaruvchilar tomonidan har chorakda amalga oshiriladi.

Investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini baholash natijalari ishonchli boshqaruvchining o‘z mablag‘lari va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.