O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xalqaro ekspertlar tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari uchun ingliz huquqi, uning o‘ziga xos jixatlari, umumiy huquq normalarini shartnomaviy- munosabatlarda to‘g‘ri va samarali tadbiq etish masalalari bo‘yicha trening o‘tkazildi.
Treningni ma’ruzachi sifatida Universitetning Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Tillaboyev va Sh. Fayzullayev hamda Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi, xalqaro arbitraj huquqi buyicha advokat I.Putilin olib bordilar.
Aytib o‘tish lozimki, bugungi kunda O‘zbekiston korxonalari va tashkilotlari yirik loyihalarni amalga oshirish, yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish va boshqa maqsadlarda chet el kompaniyalari bilan ko‘plab shartnomalar ingliz huquqi asosida tuzilib kelinmoqda.
Mazkur trening davomida huquq va sud tizimlari, shartnoma huquqining asosiy qoidalari, ingliz huquqiga bo‘ysungan shartnomalarni tuzish, ijro etish, bekor qilish va ulardan kelib chiqadigan nizolarni xal etishdagi amaliyot batafsil yoritilib, muammoli masalalar yuzasidan amaliy jihatdan foydali maslahat va tavsiyalar berildi.
Idoraviy mansub tashkilotlar