Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

INATBA doirasida navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi

25.10.2022
2375

     

     O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari, 2022 yil 25 oktabr kuni, ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashda ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri (“blokcheyn” texnologiyasi)ni joriy etish hamda rivojlantirish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan konferensiya doirasida ishtirok etdilar.

 

 

     Muhokamalar davomida ma’ruzachilar va ishtirokchilar ma’lumotlarning maxfiyligini tashkil etish jarayonida blokcheyndan foydalanishning eng yahshi tajribalari to‘g‘risida gapirib berishdi.

     Konferensiya Ishonchli blokcheyn-ilovalari xalqaro assotsiatsiyasi (International Association of Trusted Blockchain Applications, keyingi o‘rinda – INATBA) tomonidan tashkillashtirilgan.

     Konferensiyaning mavzusi: “Ma’lumotlar maxfiyligining yangi davrini boshlash uchun blokcheynni sozlash”.