Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga doir ishlarni ko‘rib chiqish va sanksiyalar qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

01.08.2025
75

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025 yil 19 iyundagi 08-son buyrug‘i bilan Qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga doir ishlarni ko‘rib chiqish va sanksiyalar qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (ro‘yxat raqami 3655, 2025 yil 30 iyul) (keyingi o‘rinlarda – Nizom).

Nizom huquqbuzarliklarni aniqlash, ko‘rib chiqish va ularning oldini olish, shuningdek, bozor subyektlariga nisbatan jazo choralarini qo‘llashning kompleks tartibini belgilaydi.

Nizomda qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilariga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligi belgilab qo‘yilmoqda. Ishtirokchilarning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) ishlarni ko‘rib chiqish va sanksiyalarni qo‘llash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanmoqda. Ma’muriy huquqbuzarlik belgilari aniqlanganda ishlar o‘rnatilgan taribda sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Nizom bilan ishni ko‘rib chiqish uchun asos bo‘luvchi holatlar ro‘yxati belgilanmoqda, ushbu ro‘yxtga: fuqarolar, yuridik shaxslarning arizalari va shikoyatlari, tekshirish va hisobot materiallari, ommaviy axborot vositalari xabarlari va boshqa ma’lumot manbalari kiradi.

Ishni ko‘rib chiqish uchun komissiya tuziladi, uning tarkibi Agentlik rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibga Agentlik xodimlari, davlat organlari va professional birlashmalar vakillari kirishi mumkin. Zarur hollarda komissiya banklarga oid ishlarni ko‘rib chiqishda Markaziy bank bilan kelishilgan holda ekspertlarni jalb etishga haqli. Komissiya ishni bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirish imkoniyati bilan bir oy muddatda ko‘rib chiqadi.

Nizomda ishning barcha ishtirokchilari, jumladan, javobgarlikka tortiluvchi shaxs, arizachilar, ekspertlar va guvohlar xabardor qilinishi shartligi va komissiya majlislarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Shuningek ishtirokchilarning ish materiallari bilan tanishish, dalillarni taqdim etish, muhokamada ishtirok etish va komissiya qarorlari ustidan shikoyat qilish huquqi belgilangan. Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha komissiya quyidagi qarorlarni qabul qilishi mumkin:

– qoidabuzarliklarni bartaraf etish;

– litsenziyaning amal qilishini yoki alohida operatsiyalarni to‘xtatib turish;

– ishni sudga yoki boshqa organlarga yuborish;

- ish yuritishni tugatish.

Qaror va ko‘rsatmalar ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sudga murojaat qilganda nizoli qaror yoki ko‘rsatma ijrosi sud hujjati qonuniy kuchga kirgunga qadar to‘xtatib turiladi.

Qoidabuzarlar qoidabuzarlik aniqlangan paytdan boshlab uch yil davomida javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ko‘rsatmalar bir oy ichida bajarilishi lozim. Bozor ishtirokchilari qoidabuzarliklarni bartaraf etishlari va ushbuni tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishlari shart. Iltimosnoma asosida ko‘rsatma ijrosini muddati uzaytirilishi mumkin.

Nizom sohada huquqiy intizomni kuchaytirish, shaffoflikni oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Mazkur hujjatning qabul qilinishi bilan avval amalda bo‘lgan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni ko‘rib chiqish va jazo qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi nizom (ro‘yxat raqami 1131, 2002 yil 23 aprel) o‘z kuchini yo‘qotadi.